
"Birinchi bo'limda jamoa yomon o'ynadi, biroq ikkinchi taymda vaziyatni o'nglay oldik. Bizda imkoniyatlar bo'lgandi. Hali ko'p narsani yaxshilashimiz va o'z ustimizda ishlashimiz kerak", — deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Globo nashri.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi 1934 yildan buyon jahon chempionatlarining start uchrashuvlarida mag'lub bo'lmay kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
Malumot uchun, 2-turda Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan (20 iyun), 3-turda esa SHotlandiya bilan (25 iyun) kuch sinashadi. Marokash esa 2-turda SHotlandiya (20 iyun), 3-turda esa Gaiti terma jamoasiga qarshi (25 iyun) maydonga tushadi.
