SportUz.Tv

Fabio Kannavaro: "Terma jamoani yoshartirish ishlarini olib boramiz"

05.08.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O'FA majlislar zalida tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashdi.

“JCHda ishtirok etgan juda ko'p futbolchilar saralash bosqichidagi xizmatlari uchun chaqirilgandi. Endi biz terma jamoani yoshartirish ishlarini olib boramiz. Aynan JCH orqali Behruz Karimov, Jahongir O'rozov kabi futbolchilar Evropaga ketmoqda. Bizda ko'z ostimizga olib qo'ygan yana boshqa o'yinchilar ham bor.

Biz taktik sxemani va futbolchilarni o'zgartiramiz. Yangi yosh futbolchilarni qo'shamiz. Terma jamoani shifoxonaga aylantirmaslikka harakat qilamiz.

JCH kutganimizdek qiyin bo'ldi, lekin futbolchilar borini berishdi, ularga etiroz yo'q. Mundial barchamiz uchun tajriba bo'ldi. Bundan keyin JCHning doimiy ishtirokchisi bo'lishimiz kerak”, – dedi italiyalik mutaxassis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: