SportUz.Tv

Opta JCH–2026 g‘olibligi uchun yangilangan prognozni e’lon qildi

07.07.2026 18:00    


Rasmni yuklab olish

Opta superkompyuteri Jahon chempionati–2026 g‘olibligi uchun terma jamoalar imkoniyatlarini 1/8 finalning so‘nggi ikki uchrashuvi oldidan yangiladi.

Yangilangan prognozga ko‘ra, turnirning asosiy favoriti bo‘lib Fransiya terma jamoasi qolmoqda. Uning chempionlik ehtimoli 27,91 foizni tashkil etmoqda. Avvalroq bu ko‘rsatkich 30,09 foiz edi.

Qolgan jamoalarning chempionlik ehtimoli quyidagicha:

  • Fransiya — 27,91%

  • Ispaniya — 22,73%

  • Angliya — 17,23%

  • Argentina — 11,73%

  • Norvegiya — 7,20%

  • Marokash — 4,26%

  • Belgiya — 3,87%

  • Kolumbiya — 2,85%

  • Shveysariya — 1,98%

  • Misr — 0,25%

7 iyul kuni chorak finalning so‘nggi ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ladi. Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Atlantada Argentina va Misr o‘zaro bahs olib boradi. Soat 01:00 da esa Shveysariya — Kolumbiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Fransiya, Marokash, Norvegiya, Angliya, Ispaniya va Belgiya terma jamoalari chorak finalga yo‘l olgan edi. Qolgan ikki uchrashuv g‘oliblari turnirning eng kuchli sakkiz jamoasi tarkibini to‘ldiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: