
«PSJ» himoyachisi Ilya Zabarniy Yevropa Superkubogi bahsidagi g‘alabadan so‘ng jamoaviy suratdan Matvey Safonovni qirqib tashladi.
Parijliklar «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, trofeyni qo‘lga kiritishdi. Safonov asosiy tarkibda maydonga tushdi va raqibning uchta zarbasini qaytardi, Zabarniy esa zaxirada qoldi.
O‘yindan so‘ng Zabarniy Instagram sahifasiga «PSJ»ning sovrin bilan tushgan umumiy jamoaviy suratini joyladi. U tasvirni ikki qismga bo‘lib, rossiyalik darvozabon aks etgan kadr qismini qirqib tashlagan. Keyinchalik Ukraina terma jamoasi futbolchisi postni tahrirlab, faqat o‘zining suratlarini qoldirdi.
UFC Fight Night 285 turniri jangchilarining gonorarlari malum - eng ko'pi "Ricar"da!
PFL turnirining barcha natijalari: "Kiborg" Vieyraga qarshi, Rabadanov Riderni nokautga uchratdi
O'nta finish qayd etilgan UFC Fight Night 285 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?