SportUz.Tv

O'zbekistonlik boks mutaxassisi World Boxing supervayzeriga aylandi

03.06.2026 15:00    


Rasmni yuklab olish

Hamyurtimiz, ko'p yillar davomida milliy va xalqaro boks rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan tajribali mutaxassis Tamila Sarixanova rasman "World Boxing" tashkilotining Mintaqaviy texnik delegatlari (Supervayzer) safiga qabul qilindi.

Etiborli jihati shundaki, Tamila Sarixanova ushbu nufuzli tashkilot tarixida mazkur masuliyatli lavozimga tayinlangan ilk o'zbekistonlik va umuman birinchi ayol mutaxassis sifatida qayd etildi. Bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki o'zbek boksi va mamlakatimiz sport mutaxassislari salohiyatining xalqaro miqyosdagi yana bir etirofi hisoblanadi. 

Uning ko'p yillik mehnati, yuqori malakasi, xalqaro musobaqalardagi faoliyati hamda boks rivojiga qo'shgan munosib hissasi bugun o'zining yuqori bahosini olmoqda.

Ishonamizki, Tamila Sarixanova yangi vazifasida ham yuqori professionalizm namoyon etib, xalqaro boks hamjamiyatida O'zbekiston nomini munosib tarzda namoyon qilishda davom etadi.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshimizni ushbu muhim tayinlov bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar hamda omad yor bo'lishini tilab qolamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: