SportUz.Tv

SHahram G'iyosov WBO reytingidan ham chiqarildi

03.06.2026 18:48    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) ham yarim o'rta vazn toifasidagi yangilangan reytingni nashr qildi.

Mazkur divizionda jang qiluvchi bokschimiz, WBA kamari uchun sobiq davogar SHahram G'iyosov afsuski, WBO reytingini ham tark etdi.

SHahram 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo'lib o'tgan boks kechasida angliyalik Jek Ketterolga ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lgan edi. Jang WBA Regular kamari uchun edi.

Bu mag'lubiyatdan keyin WBO reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab kelgan G'iyosov kuchli o'ntalikni tark etdi. Avvalroq, u The Ring reytingidan ham chiqarilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: