
Kichik Fyuri rasmiy tarozi marosimida o'zidan 50 kg og'irroq tosh bosgan hamyurti Eddi Xollni olti raund to'liq davom etgan jang yakunida ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Jang 2 daqiqadan iborat 6 raund formatida tashkil etildi.
2017 yilda "Sayyoramizning eng kuchli odami" unvonini qo'lga kiritgan Xoll Tommi Fyuriga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Ushbu jangda hakamlik vazifasini bajargan bokschilar Toni Bellyu hamda Derek CHisora g'alabani mos ravishda 59-56 va 58-56 hisoblarida Fyuriga taqdim etdi. Og'ir vaznda Misfits Boxing chempioni hisoblangan CHeyz DeMur esa durang (57-57) natija qayd etdi. CHeyz Fyurining potencial raqibi hisoblanadi.


MMA olami suniy intellekt tomonidan tuzilgan yangi UFC reytingiga munosabat bildirdi