SportUz.Tv

Xorxe Masvidal: "Xolloueyning g'alabasiga uyimni tikaman"

08.07.2026 15:57    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Xorxe Masvidal shu yakshanba tongida Konor Makgregor bilan jang qiladigan Maks Xolloueyning oktagondan g'alaba bilan chiqib ketishiga shubha qilmayapti.

"Men uyimni Maks Xolloueyning g'alabasiga tikaman. O'ylaymanki, Maks bu jangni raqobatsiz yutadi - bu futbol tilida aytganda bir darvozaga o'yin bo'ladi. Jang boshlanganidan taxminan bir-ikki daqiqa o'tgach, u tashabbusni to'liq o'z qo'liga oladi va oktagonda hukmronlik qiladi", - dedi sobiq ko'cha jangchisi UFC on Paramount telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempion Belal Muhammad ham xuddi shunday bashorat qilgandi. Og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall esa, aksincha, Makgregor birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozonadi deb aytgandi.

Eslatib o'tamiz, yarim o'rta vazn toifasida amerikalik va irlandiyalik o'rtasidagi jang 11 iyul kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 329 turnirining asosiy voqeasi maqomiga ega bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: