
"Islam bu ishidan zavq olayotgan, o'zi sevgan mashg'ulot bilan shug'ullanayotgan va raqiblarini mag'lub etayotgan ekan, faoliyatini davom ettiradi. U faqat o'zi istagan paytda karerasini yakunlaydi. Yaqinda aytgandim, Islam yana besh, olti, hatto etti yil ham jang qilishi mumkin. Lekin u menga: "Murabbiy, men bunchalik uzoq jang qilishni istamayman", deb aytgandi", — dedi Mendes Submission Radio nashriga bergan intervyusida.
Islam Maxachev 34 yoshda. Dog'istonda tavallud topgan sportchi jangovar sambo bo'yicha Rossiya va jahon chempioni hisoblanadi. U 2010 yildan buyon MMA qoidalari asosida faoliyat yuritib kelmoqda, 2015 yilda esa UFC'da debyut qilgan.
Dana Uayt Oq uyda UFC turnirining qayta o'tkazilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi
UFC 330 turniri ishtirokchilari janglardan qancha gonorar ishlab olishgani malum bo'ldi