
Biz uchun ahamiyatlisi, turnirda o'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov ishtirok etadi. Hamyurtimiz musobaqaning markaziy bellashuvida chiqish qiladi.
Malum qilinishicha, Muradovga turnir doirasida chexiyalik Diego Kyotlar va yana shuningdek, besh nafar jangchi raqib bo'ladi. Bu holatda Mahmud bir vaqtda jami olti nafar raqibga qarshi oktagonga chiqadi.
Jang MMA qoidalari asosida kechadi. Mahmud Muradovning takidlashicha, bu jang orqali u faoliyatidagi eng katta gonorarni ishlab oladi.

SHohjahon Ergashev Daniyar Eleusinovni jangga chorladi, Olimpiada chempioni esa bunga javob qaytardi