SportUz.Tv
iks
ads

Osiyo o'yinlariga bormagan bokschilarimiz Xitoydagi turnirda qatnashishdi

29.09.2026 15:18    


Rasmni yuklab olish

14–29 sentyabr kunlari Xitoyning Sinczyan avtonom okrugida boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ishtirokida xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazildi.

Bokschilarimiz yig'in mobaynida 4th "Belt and Road" xalqaro turnirida ham ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko'ra, vakillarimiz kichik turnirni 7 ta oltin, 4 kumush va 6 ta bronza medallari bilan tugatishdi.

G'olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-50 kg. SHodiyor Meliqo'ziev
-60 kg. SHoxrux Abdumalikov
-65 kg. Madiyar Daniyarov
-90 kg. Ruslan SHaripboev
+90 kg. Madiyar Saydrahimov
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-80 kg. Ruxshona Parpieva.

Kumush medal:
-65 kg. Adhamjon Muxiddinov
-75 kg. Safarmurod Allaberganov
+90 kg. SHaxzod Polvonov
+80 kg. Sobiraxon SHohobiddinova.

Bronza medal:
-50 kg. Amirbek Ismoilov
-70 kg. Abdulaziz Jo'raqulov
+90 kg. Ozodbek Aliev
-48 kg. Jasmin Tohirova
-65 kg. Sevinch Xurramova
-75 kg. Aysanem Saruarova.

Murabbiylar: Ramz Axmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiev, Ozod Xasanov, Baxodirjon Nuriddinov, Rustam Abilov.
Hakam: Asliddin Abdualimov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: