
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Bobir Abdixoliqov Ukraina premer-ligasi ishtirokchisi bo'lgan Lvovning "Rux" klubi bilan shartnoma tuzadi. Futbolchiga Osiyo klublaridan takliflar bo'lgan, biroq futbolchi ayni paytda katta maoshni emas Evropada o'ynashni tanladi.
2003 yilda tashkil topgan mazkur klub o'z uy o'yinlarini Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida o'tkazadi. Mazkur stadion 2012 yilgi Evropa chempionati o'yinlarini qabul qilgan.
"Rux" o'tgan mavsum quyi ligada ikkinchi o'rinni egallab o'z tarixida ilk bor Premer-ligaga yo'llanma olgan. Ayni paytda "Rux" 14ta o'yindan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.
Paulo Kosta Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi va UFC`dan ozod etishini talab qildi
Getji deyarli uch oydan so'ng Oq uydagi turnirda Topuriyani qanday mag'lub etganini tushuntirdi