SportUz.Tv

Kambodja terma jamoasi o'zbekistonlik futbolchini mahalliylashtiradi

13.04.2026 16:42    


Rasmni yuklab olish

Yarim himoyachi Alisher Mirzaev endilikda Kambodja terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Malumotlarga ko'ra, Kambodja terma jamoasi 2026 yilgi Janubi-sharqiy Osiyo (ASEAN) Kubogida 9 nafar mahalliylashtirilgan o'yinchi bilan kuchaytiriladi. Ular orasida o'zbekistonlik 30 yoshli futbolchi Alisher Mirzaev bor. Yarim himoyachi bugungi kunda “Kompong Deva” klubida o'ynaydi.

O'z vaqtida “Surxon”, “Navbahor” va “Obod” jamoalari sharafini himoya qilgan Mirzaev 2020/21 yilgi mavsumdan buyon Kambodja chempionatida to'p tepib keladi. Xavbek joriy mavsum 12 o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: