SportUz.Tv

Dembele ikkinchi yil ketma-ket Franciya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

12.05.2026 11:24    


Rasmni yuklab olish

PSJ hujumchisi Usmon Dembele Franciya professional futbolchilar milliy uyushmasi (UNFP) versiyasi bo'yicha ikkinchi yil ketma-ket Franciya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Yakuniy ovoz berishda u PSJdagi sheriklari Vitinya va Nunu Mendesh, shuningdek, "Marsel" futbolchisi Meyson Grinvud va "Lans" yarim himoyachisi Floryan Tovenni ortda qoldirdi.

Dembele ushbu mukofotni ikkinchi yil ketma-ket qo'lga kiritdi. 2025/26 mavsumida Dembele Liga 1da 20 o'yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: