
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, murabbiyning qaytishini terma jamoa o'yinchilari va homiylar talab qilgan. Kyurasao futbol federaciyasi bugun, 12 may kuni niderlandiyalik mutaxassisning qaytishini tasdiqlash uchun matbuot anjumani o'tkazadi.
11 may kuni tashkilot rasmiy saytida fevraldan buyon lavozimda bo'lgan Fred Ryutten istefoga chiqarilgani elon qilingan edi.
Kyurasao terma jamoasi jahon chempionatida Germaniya, Kot-dIvuar va Ekvador bilan bir guruhga tushib qoldi. Advokat jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylanishi mumkin. Hozirda u 78 yoshda.
