SportUz.Tv

FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi ishtirokchisi nomini malum qildi

01.01.2022 07:50    


Rasmni yuklab olish

FIFA rasmiy saytida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi ishtirokchisi haqida malumot elon qilindi.

Amaldagi karantin qoidalari tufayli Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" klubi turnirda ishtirok etishdan bosh tortishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini Taiti chempionatida to'p suradigan "Pirae" klubi egallaydi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 3-12 fevral kunlari BAAda bo'lib o'tadi. Turnir favoritlari "CHelsi" (CHempionlar ligasi g'olibi) va "Palmeyras" (Libertadores kubogi g'olibi) klublari hisoblanadi. Ular turnirdagi ishtirokni yarim finaldan boshlaydi.

"Pirae"ga esa nimchorak finalda "Al Jazira"ga qarshi bahs olib boradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: