
Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida "Paxtakor" 25 bahsda maydonga tushgan ("Al Hilol" bilan 2020 yilgi bahslar natijasi bekor qilingani sababli bu ro'yxatga kiritilmagan - 1:2 va 0:0). Ularda 4 g'alaba, 5 durang va 16 mag'lubiyat kuzatilgan. "SHerlar" raqiblar darvozalarini 19 bor ishg'ol qilib, 50 marta to'p o'tkazib yuborishgan. Jami 6 raqibga qarshi to'qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi. "Taavun" bilan jamoa oldin to'qnash kelmagan.
"Paxtakor"ning Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etgan natijalari bilan tanishing:
"Al Ahli" - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2
"Al Ittifoq" - 2:1, 1:0, 0:2
"Al Ittihod" - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
"Al Nasr" - 2:2, 0:4
"Al Hilol" - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4
"Al SHabab" - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2

Nursulton Ro'ziboev ukasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Moskva shahriga etib bordi + VIDEO
Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"