
Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o'tayotgan OCHL guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvlarida o'zbekistonlik hakamlar faoliyat olib borishadi. Xususan, 4-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan “Al SHabab” (Saudiya Arabistoni) — “Al Quva” (Iroq) jamoalari o'rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Unga yon chiziqlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynulin va Andrey Capenkolar yordam beradi. Tojikistonlik Nasrullo Kabirov esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19-aprel soat 01:45 da start oladi.

O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?