SportUz.Tv

Xoakin Evropa Ligasida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

16.09.2022 16:50    


Rasmni yuklab olish

"Betis" hujumchisi Xoakin Evropa Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Ludogorec"ga qarshi o'yinda (3:2) gol urdi.

"Opta" xabariga ko'ra, Xoakin evrokuboklarda to'p kiritgan eng yoshi katta o'yinchi bo'ldi. Ayni damda ispaniyalik futbolchi 41 yosh-u 56 kunlik.

Umuman olganda, Xoakin faoliyati davomida evrokuboklarda (CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, UEFA Kubogi) 98 ta uchrashuvda 13 ta gol urgan va 15 ta golga assistentlik qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: