SportUz.Tv

Anchelotti "Real"dagi g'alabalari soni bo'yicha 3-o'ringa chiqib oldi

09.10.2022 14:00    


Rasmni yuklab olish

Karlo Anchelotti "Real" bosh murabbiyi sifatida LaLigadagi 90-g'alabasini qayd etdi.

Italiyalik mutaxassis bu borada Leo Benxakkerdan (89) o'tib ketdi va klub tarixida g'alabalari soni bo'yicha 3-o'ringa chiqib oldi. Bu boradagi natijada u Zinedin Zidan (124) hamda Migel Munosdan (257)  ortda.

O'z navbatida Anchelotti ushbu murabbiylar ichida g'alabalari foizi eng ko'pini qayd etyapti - 73 foiz (122 o'yinda 90 g'alaba). Benxakkerda bu 64 foizni (139/89), Zidanda 67 foiz (183/124)ni tashkil qilsa, Munosda bu 60 foizga (424/257) teng.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: