SportUz.Tv

Skoulz: "MYU "Barsa"ni mag'lub etishga qodir"

10.11.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "qizil iblislar"ga "Barselona"ni ro'baro' qilgan Evropa Ligasi qura tashlash marosimi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Menga ularning "Barselona" bilan o'ynashi manzur keldi. Atmosferaga boy va jo'shqin o'yin bo'ladi. Menimcha, MYU "Barsa"ni mag'lub etishga qodir.

"Barsa" — juda yaxshi jamoa. Garchi MYU ularga qarshi o'ynayotganidan xursand bo'lsam-da, aslida bu jamoa bilan to'qnash kelishni istamagan bo'lardim", — dedi Skoulz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: