
ESPN xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsga foydali taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "Al Nassr" rahbariyati ispaniyalik futbolchiga yiliga 13 million evro maosh taklif qilmoqchi. SHu bilan birga, Saudiya Arabistni klubi Busketsning transferi uchun pul sarflashni rejalashtirmayapti, biroq Serxioni yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Al-Nasr" Busketsdan tashqari "PSJ" himoyachisi Serxio Ramos, "Real" yarim himoyachisi Eden Azar, "CHelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante va Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roysga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?