
"Barselona"ga Memfis Depayni "Inter"ning argentinalik hujumchisi Xoakin Korreaga almashtirish varianti yoqdi. Biroq "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi bunday kadrlar qaroriga qarshi va bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan, deb xabar beradi AS.
Depay joriy mavsum "Barselona" safida atigi 4 ta o'yinda maydonga tushdi. Kataloniyaliklar Memfisdan qutulmoqchi, biroq niderlandiyalik hujumchi Xaviga yoqadi. Avvalroq "Barselona" Depayni "Inter" futbolchisiga almashtirishga yaqin ekanligi malum bo'lgan edi.

Ramazon Temirov Stiv Ercegga qarshi jangga tayyorlanish uchun qancha xarajat qilgandi?