SportUz.Tv

"Tottenxem" Keynga katta narx qo'yadi

19.01.2023 11:46    


Rasmni yuklab olish

Klub rahbariyati o'z etakchisini tekinga yo'qotish xavfi borligini biladi.

Harri Keyn "Tottenxem" bilan 2024 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas, deb xabar berdi "The Telegraph". Klub prezidenti Deniel Levi 29 yoshli to'purarni sotish haqida allaqachon o'ylashi kerak. Bu keyingi yozda sodir bo'lishi aniq.

Biroq Levi qulay vaziyatda bo'lmasa-da, agar unga APL klublari murojaat qilsa, Keyn transferi uchun kamida 100 million evro talab qiladi. Angliyadan boshqa mamlakat klublari uchun esa narx pastroq bo'ladi. Keynga "Bavariya" asosiy davogar bo'lib turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: