SportUz.Tv

Neymar "Bavariya"ga boy berilgan o'yinning ertasiga poker bo'yicha xalqaro musobaqada ishtirok etdi

16.02.2023 15:23    


Rasmni yuklab olish

Neymar "Bavariya"ga imkoniyat boy berilgan (0:1) o'yindan bir kun o'tib, poker bo'yicha musobaqada qatnashdi.

RMC Sport"ning yozishicha, PSJ hujumchisi Parijdagi "European Poker Tour" musobaqasida ishtirok etgan. CHorshanba kuni braziliyalik Parijdagi "Hyatt Concorde" mehmonxonasining poker stolida o'tirardi.

Musobaqada ishtirok etish uchun 10 ming evro to'lash talab qilingan. Qayd etilishicha, Neymar mag'lubiyat sababli asosiy musobaqadan tezda chiqib ketgan, biroq ikkinchi kunga yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Neymar keyingi raundga chiqqan 45 ishtirokchidan biri bo'lgan. Umuman olganda musobaqaning birinchi kunida 71 ishtirokchi qatnashgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: