
Musobaqa 11 iyunga qadar davom etadi va unda qatnashadigan barcha terma jamoalar nomi aniq bo'lib ulgurdi. Kichik mundial guruh bosqichiga qura tashlash marosimi 31 martga belgilangan.
O'zbekiston uchinchi savatchadan joy oladigan bo'ldi. Mezbonlar esa avtomatik tarzda “A” guruhidan o'rin egallaydi.
1-savatcha: Indoneziya, Urugvay, AQSH, Franciya, Senegal, Italiya yoki Janubiy Koreya (reyting ochkolariga qaraladi);
2-savatcha: Angliya, Janubiy Koreya yoki Italiya (reyting ochkolariga qaraladi), Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;
3-savatcha: O'ZBEKISTON, Nigeriya, Yaponiya, Iroq, Gonduras, Fiji;
4-savatcha: Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.
Malumot o'rnida, musobaqaning amaldagi g'olibi Ukraina (2019 yilda) termasi hisoblanadi. Eng ko'p titulni esa Argentina qo'lga kiritgan – 6 ta (1979, 1995, 1997, 2001, 2005, 2007).
SHuningdek, bu yilgi jahon chempionatida Dominikan Respublikasi va Isroil debyut qiladi. O'zbekistonliklar esa beshinchi marotaba yoshlar o'rtasidagi mundialda qatnashadi va ular ikki bor guruh bosqichida qatnashgan hamda yana ikki marta chorak finalga chiqqan.

Ramazon Temirov: "Zarbalarim aniqroq borganida, Stiv bundan ham og'irroq nokaut bo'lishi mumkin edi"
"O'zbekistonda ham chempion bo'ladi. Buni birinchi bo'lib, o'zim bajaraman" - Ramazon Temirov