SportUz.Tv

FIFA reytingi elon qilindi: Argentina etakchilikni qo'lga oldi, Braziliya 3-o'ringa tushib qoldi, O'zbekiston 74-pog'onaga chiqdi

06.04.2023 16:00    


Rasmni yuklab olish

FIFA rasmiy sayti bugun reytingni yangiladi.

Jahon chempioni Argentina terma jamoasi birinchi o'ringa chiqib oldi. Argentinaliklar bungacha ikkinchi pog'onani egallab turishgandi. Reytingning oldingi etakchisi Braziliya uchinchi o'ringa tushib qoldi. Franciya esa uchinchi o'rindan ikkinchi o'ringa chiqdi. To'rtinchi o'rindan o'ninchi o'ringacha bo'lgan terma jamoalar o'zgarishsiz qoldi. 

O'zbekiston esa dunyo reytingidagi o'rnini uch pog'onaga yaxshilab, 74-o'ringa ko'tarildi.

FIFA talqinida TOP-15 talik:

1 (2). Argentina 

2 (3). Franciya

3 (1). Braziliya

4. Belgiya

5. Angliya

6. Niderlandiya

7. Xorvatiya

8. Italiya

9. Portugaliya

10. Ispaniya

11. Marokash

12. SHveycariya

13. AQSH

14. Germaniya

15. Meksika


Osiyo bo'yicha TOP-15 talik:

1. Yaponiya

2. Eron

3. Koreya Respublikasi

4. Avstraliya

5. Saudiya Arabistoni

6. Qatar

7. Iroq

8. BAA

9. Ummon 

10. O'zbekiston

11. Xitoy

12. Iordaniya

13. Bahrayn

14. Suriya

15. Falastin



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: