SportUz.Tv

Modrich "Real"ning munosabatidan norozi

06.04.2023 17:46    


Rasmni yuklab olish

Yozda xorvatiyalik futbolchi erkin agentga aylanadi.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich klub unga haligacha yangi shartnoma taklif qilmaganidan juda xavotirda, deya xabar berdi "Goal". 

Xorvatiyalik futbolchi yozda erkin agent bo'ladi. "Real" hali yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlamagan. 

2012 yilning yozidan buyon Madrid klubida o'ynab kelayotgan xorvatiyalik futbolchi yana bir mavsum "Santyago Bernabeu"da qolmoqchi.

Madridning "Real" klubi Modrichning yoshidan (37 yosh) ko'ra uning JCH-2022dan keyin ham Xorvatiya terma jamoasida o'ynashni to'xtatmaganidan xijolat chekmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: