SportUz.Tv

"Manchester Siti" 15 ta o'yindan beri yutqazmayapti

20.04.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti"ning 10 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi.

Pep Gvardiola jamoasi ECHL chorak final javob o'yini doirasida "Bavariya" bilan safarda (1:1) hisobida durang o'ynadi. 

"SHaharliklar" so'nggi marotaba 22 fevral kuni ECHL 1/8 finalida "Leypcig"ni yuta olishmagandi (1:1). 

O'z navbatida, jamoaning mag'lubiyatsiz o'yinlari soni 15 taga etdi. Jamoa "Tottenxem"dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng 12 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etdi. 

Endi "Siti" navbatdagi o'yinini 22 aprel kuni Angliya kubogi doirasida "SHeffild Yunayted"ga qarshi o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: