SportUz.Tv

41 yoshli Xoakin 622-uchrashuvda maydonga tushib, La Liga rekordini takrorladi

05.06.2023 18:46    


Rasmni yuklab olish

Xoakin Sanches La Ligada 622-uchrashuvini o'tkazdi va musobaqa rekordini takrorladi.

41 yoshli xavbek "Betis"ning 38-tur doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o'yinida (1:1) maydonga tushdi va "Barselona" sobiq darvozaboni Andoni Subisarretaga etib oldi.

Ushbu ro'yxatda uchinchi o'rinni, 589 o'yin bilan, Raul Garsiya band etib turibdi. TOP-5ga shuningdek Raul (550) va Eusebio Sakristan (543) kiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: