
"Bavariya" ikki marotaba Keyn borasida "Tottenxem"ga taklif yubordi. "SHporlar" ularni rad etdi. Keyn kelasi yil tekinga jamoani tark etishini hisobga olgan "Bavariya" ushbu transferni 140 mln. evrodan arzonroqqa amalga oshirmoqchi.
Agar yozda transfer amalga oshmasa, nemis grandi futbolchini qishgacha kutishga tayyor. Keyn shu hafta "Tottenxem" safiga qaytib, mashg'ulotlarga kirishadi.
