
"Diario Sport" xabariga ko'ra, "Barselona" ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda va ushbu mavsumda PSJga o'tishi kutilayotgan Usmon Dembelening o'rniga tarkibga olib kelmoqchi.
Biroq nemis matbuoti Sanening jamoadan ketish istagi yo'qligini malum qilyapti. U navbatdagi mavsumda jamoaning asosiy tarkibi uchun kurashmoqchi. Eslatib o'tamiz, Sane 2020 yili myunxenliklar tarkibini to'ldirgandi.
27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda jamoa tarkibida 32 o'yinda 8 gol va 7 assist qayd etdi.
Nursulton Ro'ziboev ukasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Moskva shahriga etib bordi + VIDEO
Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"