
Amaldagi jahon chempioni Argentina saralash bahslarining ikkinchi turida Boliviya darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi va g'alaba qozonishdi.
Boliviya – Argentina 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Fernandes, 0:2 – 42 Talyafiko, 0:3 – 83 Gonsales.
Boliviya – Viskarra, Bexarano, Sagredo (Algaranyas, 73), Kinteros, Djuzino (Akin, 46), Fernandes, Ursino (Kuelyar Rosales, 46), Arraskayta (Sausedo, 62), Vilyamil (Vilyarroel, 26), Abrego, Moreno.
Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Talyafiko, De Pol (Palasios, 76), Mak Allister (Paredes, 85), Fernandes (Korrea, 87), Di Mariya, Gonsales (Garnacho, 85), Alvares (Martines, 85).
Ikki karra jahon chempionlari Urugvay esa Ekvador mehmoni bo'lishdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Ekvador – Urugvay 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 38 Kanobbio, 1:1 – 45 Torres, 2:1 – 61 Torres.
Ekvador – Galindes, Presiado (Urtado, 84), Arboleda (Realpe, 70), Torres, Pacho, Estupinyan, Grueso, Kaysedo, Paes Andrade (Ortis, 70), Xulio (Mena, 70), Valensiya (Rodriges, 90).
Urugvay – Rochet, Vinya, Kaseres, Pikeres (Olivera, 60), Valverde, de la Krus (Karbalo, 46), Ugarte, Nandes, Arauxo (Torres, 70), Kanobbio (Pelistri, 70), Nunes (Olivera, 46).

Nursulton Ro'ziboev ishtirok etadigan UFC Paris turnirining markaziy jangi elon qilindi