
Bu haqda euro-football.ru sayti xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi klub bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan va u 28-sentyabr, payshanba kuni Greciyaga etib borishi kerak.
Zagoev 2023 yilning iyulidan buyon erkin agent hisoblanadi. Xavbek 2022/23 yilgi mavsum "Rubin" safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Lamiya" 6 ta uchrashuvda 6 ochko jamg'argan holda Greciya chempionati musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Ushbu jamoada 2010 yildan 2017 yilgacha Zagoev bilan CSKAda o'ynagan yarim himoyachi Zoran Toshich o'ynaydi.
Avvalroq Jaloliddin Masharipov Greciyaning "Panserraikos" jamoasiga o'tgan edi.
SHohjahon Ergashevning qozog'istonlik raqibga qarshi yangi jang sanasi rasman malum qilindi (POSTER)