SportUz.Tv

Rasman: "Lokomotiv" Superligaga qaytdi

01.10.2023 18:46    


Rasmni yuklab olish

Hozirgina Pro-liganing 19-turi doirasidagi "Xorazm" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Unda g'olib aniqlanmadi, 0:0. SHu orqali "Qo'qon-1912" chempionlik uchun imkoniyatlarni yo'qotdi. Ayni damda turnir jadvali peshqadami bo'lib turgan "Lokomotiv" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil qiladi. Ushbu mavsumda poytaxt klubi o'zaro o'yinlarda "Qo'qon-1912"ni ikkala o'yinda ham mag'lub qildi. SHu orqali "temiryo'lchilar" mavsum tugashiga 3 tur qolganida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Endi chempionlik uchun "Dinamo" hamda "Lokomotiv" kurash olib boradi. Agarda navbatdagi turda "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub qilib, "Lokomotiv" "Mashal" maydonida bir ochkoga ega chiqadigan bo'lsa, "Loko" chempionlikni rasmiylashtiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: