SportUz.Tv

Benzema: "Men Saudiya Arabistoni futboli tarixida iz qoldirishni istagandim"

13.10.2023 20:00    


Rasmni yuklab olish

"Al Ittixod" klubi hujumchisi Karim Benzema nima sababdan faoliyatini Saudiya Arabistoni davom ettirishga qaror qilgani haqida gapirdi.

"Men "Real" tarkibidagi faoliyatim va erishgan yutuqlarimdan keyin yangi sarguzasht vaqti kelgandi.

Men futbol bo'yicha kelishimdan ancha avval Saudiya Arabistoniga kelishni istaganman. Keyinroq barchasini o'zgartirib yuborgan futbol loyihasi ishlab chiqildi. Men bu tarixning bir bo'lagi bo'lishni istadim. Saudiya futbolini yangi darajaga olib chiqish uchun yordam berishni xohlayman. SHuning uchun ham hozir shu erdaman.

Bundan tashqari bu musulmon davlat. Meni juda yaxshi kutib olishdi. Meni yaxshi ko'rishlarini darhol sezdim. SHuning uchun men Saudiya Arabistonidaman".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: