
"Liverpul" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritish imkoniyati borligiga ishonmoqda. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.
Angliya klubi so'nggi 6 yil davomida Franciya terma jamoasi futbolchisi atrofidagilar bilan aloqani davom ettirib kelmoqda. Mersisaydliklar Mbappe keyingi yozda faoliyatini davom ettirish uchun "Liverpul"ni tanlashi mumkinligiga ishonishmoqda.
24 yoshli Mbappe 2018 yilning yozidan buyon PSJda to'p tepib kelmoqda. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Ramazon Temirov: "Zarbalarim aniqroq borganida, Stiv bundan ham og'irroq nokaut bo'lishi mumkin edi"
"O'zbekistonda ham chempion bo'ladi. Buni birinchi bo'lib, o'zim bajaraman" - Ramazon Temirov
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada