SportUz.Tv

Saloh APL tarixidagi eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida 10-o‘ringa ko‘tarildi

30.12.2024 09:00    


Rasmni yuklab olish

Muhammad Saloh APL tarixidagi eng yaxshi 10 assistent ro‘yxatiga kirdi.  

«Vest Xem»ga qarshi o‘yinda (5:0) «Liverpul» hujumchisi o‘zining 81- va 82-assistlarini amalga oshirdi.  

Misrlik futbolchi Devid Bekhemni (80 assist) ortda qoldirdi va hozirda Angliya chempionati tarixidagi eng yaxshi assistentlar orasida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.  

Top-10 ro‘yxati quyidagicha:  

1. Rayan Giggz – 162 assist.  
2. Kevin De Bryuyne – 114 assist.  
3. Sesk Fabregas – 111 assist.  
4. Ueyn Runi – 103 assist.  
5. Frenk Lempard – 102 assist.  
6. Dennis Bergkamp – 94 assist.  
7. David Silva – 93 assist.  
8. Stiven Jerrard – 92 assist.  
9. Jeyms Milner – 89 assist.  
10. Muhammad Saloh – 82 assist. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: