SportUz.Tv

Mikel Arteta "Arsenal"ning yana bir himoyachisi jarohat olganini tasdiqladi

14.12.2025 18:24    


Rasmni yuklab olish

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Ben Uaytning jarohatlanganini tasdiqladi. 28 yoshli ingliz futbolchisi APLning 16-turida "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazilgan uy o‘yinining (2:1) birinchi bo‘limida almashtirildi.

"U tizzasidagi oldingi muammo tufayli ko‘p daqiqa o‘ynay olmadi. U o‘yin formasiga kira boshlaganida, boshqa ilojimiz bo‘lmagani uchun ko‘p o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Hatto bugun Villini (Vilyam Saliba - tahr.) tavakkal qilishga majbur bo‘ldik, chunki uning uchun 90 daqiqa o‘ynash eng yaxshi g‘oya emasdi", - dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

2025/26 yilgi mavsumda Uayt barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma berdi. 2024/25 yilgi mavsumda esa u jarohatlar tufayli "Arsenal"ning 27 ta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: