SportUz.Tv

Besh nafar hujumchi — Globe Soccer Awards’ning «Eng yaxshi forvard» nominasiyasi finalida

18.12.2025 14:36    


Rasmni yuklab olish

Globe Soccer Awards tomonidan 2025 yilning eng yaxshi forvardi sovrini uchun finalchilar ma’lum qilindi. Bu haqda Globe Soccer Awards X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

2025 yilning eng yaxshi forvardi sovrini uchun nominantlar:

- Usmon Dembele («Pari Sen-Jermen»),
- Xvicha Kvarasxeliya («Pari Sen-Jermen»),
- Kilian Mbappe («Real» Madrid),
- Rafinya («Barselona»),
- Lamin Yamal («Barselona»).

Globe Soccer Awards — har yili o‘tkaziladigan taqdirlash marosimi bo‘lib, unda yil davomida futbol muhitida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar aniqlanadi. Turli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi. Taqdirlash marosimi 28 dekabr kuni Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: