SportUz.Tv

IFFHS 2025 yilda klublar va terma jamoalar darajasidagi eng yaxshi murabbiylarni aniqladi

27.12.2025 05:00    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro futbol tarixi va statistika federasiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshi murabbiylari reytingi e’lon qildi.

Klublar toifasida birinchi o‘rinni «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike egalladi — 222 ochko. Ikkinchi o‘rinda Enso Mareska («Chelsi», 60), uchinchi pog‘onada esa Xans-Diter Flik («Barselona», 57) joy oldi. Shuningdek, kuchli beshlikka Vensan Kompani («Bavariya», 42) va Mikel Arteta («Arsenal», 24) kirdi.

Terma jamoalar murabbiylari orasida esa Luis de la Fuente (Ispaniya) ketma-ket ikkinchi bor eng yaxshi deb topildi — 136 ball. U bilan birga birinchi beshlikdan Roberto Martines (Portugaliya, 83), Lionel Skaloni (Argentina, 59), Stole Solbakken (Norvegiya, 48) hamda Tomas Tuxel (Angliya, 41) o‘rin oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: