SportUz.Tv

To'y yaqin chog'i - Sindarov Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan hamkasbiga ko'ngil qo'ydimi? (+FOTO)

11.04.2026 12:56    


Rasmni yuklab olish

Grossmeysterimiz Javohir Sindarov Jahon toji uchun taqdim etiladigan yagona yo'llanma uchun kechayotgan "Nomzodlar turniri"ni yondirmoqda.

Javohir erkaklar o'rtasidagi bahslarda 8 ochko to'plagan holda eng yaqin taqibchisidan ikki ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Qozog'istonlik shaxmat malikasi Bibisara Asaubaeva esa ayollar o'rtasidagi turnirda 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-pog'onadan joy olgan. 

So'nggi paytlarda Sindarov va Asaubaevaning birgalikda tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ko'p ko'zga tashlanyapti. Ko'pchilik qardosh shaxmatchilar o'rtasida muhabbat paydo bo'lganini aytmoqda. Bibisaraning kecha telegram kanaliga qo'ygan mana bu surati esa shubha va taxminlarni yana ham kuchaytirdi. 

21 yoshli qozog'istonlik shaxmatchi Instagram ijtimoiy tarmog'ida obunachisining savoliga javob berdi.

"Hozirda munosabatdamisiz", degan savolga Tiffany brendi uzugining Love - muhabbat yozuvi tushirilgan suratini joylashtirdi.

Bibisara Asaubaeva — blic bo'yicha uch karra jahon chempioni hisoblanadi. SHuningdek, u blic bo'yicha eng yosh jahon chempionati sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: