
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCH-2026 1/8 finalida Braziliyaga qarshi bahsda (2:1) dubl muallifiga aylanib, jahon chempionatlari tarixida faqat bir nafar yevropalik o‘yinchiga nasib etgan natijani takrorladi.
Hal qiluvchi golni 90-daqiqada urgan Xoland Norvegiyaning chorak finalga chiqishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, Xoland 1998 yilgi mundialdan buyon jahon chempionatidagi dastlabki to‘rtta o‘yinining barchasida gol urgan birinchi yevropalik futbolchiga aylandi. Bungacha bu natijaga faqat italiyalik Kristian Vyeri erishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya JCH-2026 chorak finalida Angliya yoki Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytga kelib, Erling Xolandning ushbu jahon chempionatidagi gollari soni 7 taga yetdi.
Ramazon Temirov: "Zarbalarim aniqroq borganida, Stiv bundan ham og'irroq nokaut bo'lishi mumkin edi"
"O'zbekistonda ham chempion bo'ladi. Buni birinchi bo'lib, o'zim bajaraman" - Ramazon Temirov
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada