
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi besh nafar to‘purar qatoridan joy oldi.
JCH-2026 1/8 finalida Meksikaga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirgan Keyn mundiallardagi gollari sonini 14 taga yetkazdi.
Shu tariqa, u afsonaviy germaniyalik hujumchi Gerd Myullerga yetib oldi va jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida u bilan birgalikda beshinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:
Lionel Messi — 20 gol;
Kilian Mbappe — 19 gol;
Miroslav Kloze — 16 gol;
Ronaldo — 15 gol;
Xarri Keyn — 14 gol;
Gerd Myuller — 14 gol.
Meksika darvozasiga kiritilgan gol Keyn uchun JCH-2026dagi beshinchi gol bo‘ldi.