
Yevropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ushbu sovrin «Lester» hujumchisi Patson Dakaga nasib etdi.
Zambiyalik futbolchi «Spartak»ka qarshi Moskvada bo‘lib o‘tgan o‘yinda (4:3) to‘rtta gol muallifiga aylandi.
23 yoshli o‘yinchi mazkur sovrin uchun kurashda Lorenso Insinye («Napoli»), Issa Diop («Vest Xem») va Karl Toko Ekambi («Lion»)ni ortda qoldirdi.
"UFC'ga shu yoqadi". Dariush Maxachevning keyingi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi