
22 yanvar, shanba kuni «Sautgempton» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
«Shaharliklar»ning goliga Kevin De Bryoyne assistentlik qildi. Belgiyalik futbolchi uchun mazkur goli uzatma APL doirasidagi saksoninchisi bo‘ldi. De Bryoyne mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha «Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem bilan tenglashib oldi. Buning uchun Kevinga 197ta o‘yin kerak bo‘lgan bo‘lsa, Bekxem 266ta bahsida 80ta assist qayd etgan.
Bu borada Rayan Giggz yetakchi bo‘lib turibdi — 162. Undan keyingi pog‘onalarda Sesk Fabregas (111), Ueyn Runi (103), Frenk Lempard (102), Dennis Bergkamp (94), David Silva (93), Stiven Jerrard (92) va Jeyms Milner (86) turishibdi.
Fyuri o'z cho'qqisidagi Usik va Mayk Tayson o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi
Xamzat CHimaev va Bogdan Guskov ishtirokidagi UFC 328 turnirining asosiy kardi tasdiqlandi