
"Malum bir vaziyatda de la Xoyya hafsalamni pir qildi. Bazi insonlar senga do'stman deydi, bir oilamiz deydi. Ammo, amalda ular faqat o'z manfaatlarini o'ylashadi.
Ular men bilan o'ynashishdi. Bir narsani gapirib, boshqa bir ishni qilishdi. Men bularning barchasini 3-4 yildan beri, DAZN bilan shartnoma imzolamasimdan avval bilardim. "Golden Boy"ning ko'p qarorlari menga yoqmasdi. Biroq, biz baribir birga g'alabalarga erishganmiz.
Har doim o'zinga o'zing xo'jayin bo'lganing yaxshi. Har qanday holatda ham erkin jangchi bo'lish yaxshi", - dedi Saul "Kanelo" Alvares.
Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida