
Osiyo chempionatidan qaytgan boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
12 nafar sportchi va federaciya mutasaddilari Markazning tor doiradagi malakali shifokorlari ko'rigida bo'lishdi. Tekshiruv davomida musobaqadan keyingi o'zgarishlarni kuzatish uchun bokschilarimizning yurak urishi, jigar va boshqa organlaridagi o'zgarishlar ko'zdan kechirildi. SHuningdek, koronavirusga qarshi emlash oldidan tahlillar olinib, tekshiruv natijalari bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Olimpiadaga boradigan murabbiylar shtabi va federaciya mutasaddilaridan emlash oldidan PZR testlari va qon tahlillari olindi.



Ramazon Temirov: "Zarbalarim aniqroq borganida, Stiv bundan ham og'irroq nokaut bo'lishi mumkin edi"
"O'zbekistonda ham chempion bo'ladi. Buni birinchi bo'lib, o'zim bajaraman" - Ramazon Temirov
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada