
Bugun ushbu turnir doirasida og'ir vaznli bokschilar o'rtasidagi janglar bo'lib o'tdi. Unda Parij Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonov ringga ko'tarildi. Bu jangda bokschimizga Panama vakili Marvin Mendosa raqiblik qildi.
6 raundlik jang 3-raundda yakunlandi. Lazizbek Mullojonovning ketma-ket zarbalaridan so'ng referi jangni to'xtatdi va bokschimizning texnik nokautli g'alabasini qayd etdi.
Endi Lazizbek iyun oyida mazkur turnirdagi ikkinchi jangini o'tkazadi.
"UFC'ga shu yoqadi". Dariush Maxachevning keyingi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi