
"Siz vazn tashlayotganda, eb-icha olmaganingizda, moddiy nematlar ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Sizga pul, mashinalar taklif qilishlari mumkin — sizga farqi yo'q. Agar kimdir: "Mana bir stakancha suv, ichaver, vazning oshmaydi" desa — men shu darajadamanki, barcha mol-dunyodan voz kechaman. Bu juda dahshatli. Go'yo och holda ko'cha o'rtasida yuribsan. Men o'zimni juda yomon his qilaman. Endi bundan aziyat chekmoqchi emasman. Bunga qayta tushishni xohlamayman. Faoliyatim davomida shunday yashaganman. Men allaqachon orzumni amalga oshirdim — jahon chempioni bo'ldim. Bu bobni yopishim kerak edi, endi aziyat chekishni istamayman. Bu go'yo cho'lda yashashga o'xshaydi. Men esa dengiz bo'yida yashashni xohlayman", - dedi Topuriya.

Ramazon Temirov: "Zarbalarim aniqroq borganida, Stiv bundan ham og'irroq nokaut bo'lishi mumkin edi"
"O'zbekistonda ham chempion bo'ladi. Buni birinchi bo'lib, o'zim bajaraman" - Ramazon Temirov
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada